Arktika koʻllarida 200 ming yillik nomaʼlum baliq turlari topildi

18:40 20 Fevral 2020 Dunyo
282 0

Foto: www.google.com

Rus olimlari Chukotka, Koryakiya va Kamchatka shimolidagi oʻtish mumkin boʻlmagan koʻllarni oʻrganish uchun ekspeditsiya uyushtirdi va taxminan 200 ming yil oldin paydo boʻlgan oʻnlab baliq turlarini topishdi.

Qizigʻi, bu baliqlar ilgari fanga nomaʼlum boʻlgan. Bu haqda Kronosk davlat qoʻriqxonasining katta ilmiy xodimi va ekspeditsiya qatnashchisi Grigoriy Markevich maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, ekspeditsiya doirasida dastlab 40 ming kvadrat metr hududdagi oʻnlab koʻllar tekshirilgan. Maydon Chukotka, Koryakiya va Kamchatkaning shimoliy qismini qamrab olgan. Yoʻnalishning uzunligi taxminan 8 ming km boʻlib, ekspeditsiyada aviatsiya xizmatidan ham foydalanilgan.

Olimning soʻzlariga qaraganda, ushbu hududdagi suv havzalari ilgari oʻrganilmaganligi sababli, anchagina qiyinchilik tugʻdirgan.

“Ushbu ish natijalari turli xil baliq turlarining kelib chiqishini bilish uchun katta ahamiyatga ega. Hozir biz nomaʼlum turlarning genetik namunalarini tahlil qilmoqdamiz. qoʻlimizdagi maʼlumotlar arktik sharoitda tirik organizmlarning evolyutsion mexanizmlarini tushunishga yordam beradi“, deb taʼkidlaydi Markevich.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?