Arxiv hujjatlari yanada sifatli saqlanadi

13:23 28 Oktyabr 2020 Jamiyat
127 0

Soʻnggi yillarda arxivlarning moddiy-texnik taʼminotini yaxshilashga qaratilgan davlat dasturlari asosida bir qator arxiv binolari rekonstruksiya qilinib, 25 dan ortiq yangi binolar qurilib foydalanishga topshirilgan boʻlsa-da, aksariyat davlat arxivlarida hujjatlarni saqlash uchun zaruriy harorat va namlik meʼyorlariga rioya etilmasligi, arxiv saqlovxonalari zamonaviy jihozlanmaganligi, arxiv hujjatlarini restavratsiya qilish, hisobga olish, qidirib topish va nazorat qilish boʻyicha yangi texnologiyalar joriy etilmaganligi kabi holatlar mavjud.

Shu bilan birga, davlat arxivlarining binolarini mulk tassarufidan chiqarish, ularni talabga javob bermaydigan boshqa binolarga koʻchirish holatlari ham kuzatilmoqda. Bu esa oʻz navbatida, Milliy arxiv fondi hujjatlari saqloviga jiddiy ziyon yetkazmoqda. Davlat arxivlarida Oʻzbekiston Respublikasining madaniy meros obyektlarining yodgorliklar sirasiga kiritilgan Milliy arxiv fondi hujjatlari saqlansa-da, ularning binolarini tasarrufdan chiqarish boʻyicha normalar amaldagi qonunchilikda shakllantirilmagan edi.

Davlat arxivlarida saqlanayotgan Milliy arxiv fondi hujjatlarining elektron va sugʻurta nusxalarini yaratish hujjatlarning sonidan (8,4 mln saqlov birligi, har biri taxminan 200-250 varaq) kelib chiqib, juda koʻp vaqt va mablagʻ talab etadi.

Davr talabidan kelib chiqib, arxiv hujjatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratish, elektron bazalarni shakllantirish, arxiv hujjatlarining favqulodda holatlarda sugʻurta nusxalarini saqlab qolish maqsadida, shuningdek xalqaro tajribadan kelib chiqib, tashkilotlar tomonidan arxiv hujjatlarining elektron nusxalari bilan topshirilishi normasi mavjud emas. Hozirgi kunda davlat arxivlarida saqlanayotgan Milliy arxiv fondi hujjatlarining 5 foizi raqamlashtirilib, elektron nusxalari yaratilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xalqaro tajribaga tayangan holda arxivlar sonini optimallashtirish va huquqiy maqomini aniq belgilash maqsadida amaldagi “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqilib, parlament quyi palatasida ikkinchi qabul qilindi.

Qonun bilan nodavlat arxivlari jamlanishi va rivojlanishiga, davlat arxivlarida Milliy arxiv fondi hujjatlari bilan sifatli ishlanishiga, davlat arxivlari binolar bilan taʼminlanishiga, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlash huquqi berilgan ayrim vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlarida tarmoq davlat arxivlarini tashkil etishga davlat arxivlarida Milliy arxiv fondi hujjatlarining elektron bazalari yaratilishiga va arxiv hujjatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratiladi.

Yurtimizda inson huquqlari, erkinliklari, manfaatlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlashni yaxshilash maqsadida ijtimoiy huquqlarga daxldor arxiv hujjatlarini saqlab qolish hamda bu borada nodavlat arxivlari xizmatlaridan ham foydalanish maqsadida tugatilgan tashkilotlar hujjatlarini arxivlarga topshirilishi normasini belgilashga doir oʻzgartishlar kiritilishida nodavlat arxivlarini rivojlantirish bilan bir qatorda hujjatlar yoʻqolishining oldini olish va fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini himoya qilishga erishiladi.

Shuningdek, davlat arxivlari oʻzlarining asosiy vazifalari, yaʼni Milliy arxiv fondi hujjatlarini sifatli jamlash, hisobini yuritish, saqlash va foydalanishga erishiladi.

Muhammad VALIYEV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?