Arizada soʻng avtosalon “Cobalt” avtomobili nuqsonlarini bartaraf etib berishini maʼlum qildi

12:30 16 Avgust 2019 Jamiyat
163 0

Navoiy viloyati Zarafshon shahri 12-kichik tumanda yashovchi Asror Sadirov Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga yozma ariza bilan murojaat qildi. Arizada maʼlum qilinishicha fuqaro 2019-yil aprel oyida “Navoiy-avtosavdo” avtosalonidan 84 164 910 (sakson toʻrt million bir yuz oltmish toʻrt ming toʻqqiz yuz oʻn) soʻmga “Cobalt” avtomobilini sotib olgan. Oradan bir oylar oʻtib, avtomashinaning nuqsonlar paydo boʻla boshlagan. Yaʼni avtomabilning isitish moslamasi talab darajasida ishlamagan, old qismi oynasida esa nuqsoni boʻlganligini bilib, bu haqida avtosalon mutaxassislariga xabar qilganligini maʼlum qildi. Ammo hech qanday natija boʻlmaganligi oradan vaqt oʻtib ketayotganligi va yuqoridagi arizasi yuzasidan amaliy yordam berishni soʻrab murojaat qilgan.

Ariza qonuniy tartibda qabul qilinib, kuzatuv-oʻrganishlar olib borildi. Federatsiya tomonidan “Navoiy-avtosavdo” markaziga yozma murojaat xati yuborildi. Shundan soʻng salon rahbariyati avtomashinaning nosoz joylarini tuzatib, old oyna qismini almashtirib berishini maʼlum qildi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Har birimiz ogʻirimizni yengil, uzogʻimizni yaqin qilsin deya avtomashina olish uchun yillar davomida mehnat qilib, pul yigʻamiz. Ammo orzu-havas bilan harid qilgan avtomobilimizda nuqsonlar boʻlsa koʻngilni hira qilishi tayin. Shu bois uy, mashina kabi moddiy boyliklarni sotib olayotganda juda ehtiyotkor boʻlishimiz zarur.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?