Abdulla Aripov Tojikistonga boradi

09:38 29 May 2018 Siyosat
382 0
Fotо: K-News

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya 2018 yilning 31 may – 1 iyun kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, majlisda MDH doirasida iqtisodiy hamkorlikning dolzarb jihatlarini muhokama qilish, xizmatlarning erkin savdosi istiqbollari va ko‘p tomonlama kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Majlis yakuniga ko‘ra Hamdo‘stlik hududida ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishni nazarda tutadigan bir qator qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?