“Arenda”ga olgan “Lasetti” avtomashinasini sotib yuborgan shaxs qamoqqa olindi

10:56 09 Sentyabr 2020 Jamiyat
137 0

Fargʻona shahri. 2019-yilning avgust oyida fuqaro Sh.A. Gʻ.T.ning ishonchiga kirib, “Lasetti” rusumli avtomashinasini ijara asosida vaqtincha boshqarish uchun olib, aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan avtomashinani 12.500 AQSH dollari evaziga F.M.ga sotib, ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

"Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» (firibgarlik) bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?