Aravani quruq olib qochish sanʼati yoki bolalar bogʻchasining abgor ahvolidan jondorlik mutasaddilar qachongacha koʻz yumishadi?!

12:18 21 Yanvar 2019 Jamiyat
1141 0

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev.

“Xalq soʻzi ONLAYN”. Istam Ibrohimov/Buxoro. Mabodo oʻtgan asrning elliginchi yillari haqida film olinadigan boʻlsa, Jondor tumanidagi 25-maktabgacha taʼlim muassasasi binosi eng yaxshi dekoratsiya vazifasini oʻtashi aniq.

“Ushot” mahalla fuqarolar yigʻinidagi bogʻcha bir paytlar maktab uchun “boshpana” vazifasini ham oʻtagan edi. Binoning tashqi koʻrinishi abgorligidan tashqari, hovlisini yaqin atrofda yashovchilar kimoʻzarga egallab olishgani tufayli oʻyin maydonchalariga ham joy yoʻq. Bino ichiga kirgan zahotingiz qulogʻingizga eshitiladigan motor shovqini ilojsizlikdan tabiiy gaz quvuriga oʻrnatilgan moslamadan chiqib turadi.

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev.

Bu qoʻlbola moslama quvurdagi gazni “soʻrib”, qoʻlbola pechlarga uzatar ekan. Ammo foydasiz — oshxona muzdek. Gaz bosimi pastligidan ovqat tashqarida — qozon oʻchoqda pishiriladi.

Ichkarida karavotlar shunaqa tigʻiz qoʻyilganki, tor va zax xonalarda bolakaylar oʻz oʻrniga chiqib yotishi ham ilojsiz.

 

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev.

— Bogʻchamiz 70 oʻringa moʻljallangan, — deydi mudira Venera Saidova. — Amalda esa 80 nafar bola qatnayapti.

— Qishlogʻimizda bogʻcha yoshidagi 283 nafar bolani qayerga olib borishni bilmaymiz, — deydi mahalla faoli Ahmed Imomov. — 200 nafar bola bogʻchaga borish uchun navbat kutyapti. Ular orasida nevaram Malika ham bor.

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev.

Muassasadagi ahvol, shart-sharoit shunaqa. Hamma narsa toʻkilay-toʻkilay deb turibdi. Bu borada soʻz ketganda, jondorlik va poytaxtlik mutasaddilar yana aravani quruq olib qochmoqchi boʻlishadi. Qiziq. Bu hol qachongacha davom etar ekan?

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev.

 

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev.

 

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev.

 

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev.

 

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev.

 

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev.

 

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev.
Foto: Hakimjon Yoʻldoshev.
Foto: Hakimjon Yoʻldoshev.

 

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev.

 

Tahririyatdan: “Xalq soʻzi ONLAYN” mazkur muammo yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligining amaliy javobini kutadi. Qogʻozda emas, amalda odamlarga yordam beradigan payt keldi axir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?