Aralash jang sanʼati boʻyicha Oʻzbekistonning eng kuchli sportchilari aniqlandi (Foto)

11:15 26 Oktyabr 2020 Sport
153 0

Avval xabar berganimizdek, 23-25-oktyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi klubida aralash jang sanʼatlari boʻyicha professionallar oʻrtasida ilk bor mudofaa vaziri kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Musobaqaning birinchi va ikkinchi kunlari saralash va yarim final bosqichi doirasidagi janglar tashkillashtirildi. Ularda toʻqqizta vazn toifasida finalchilar nomi aniqlandi.

Qiziqarli kechgan janglar yakunida  Hasan Oʻroqov (Navoiy), Jasurbek Anorboyev (Toshkent viloyati), Islombek Mahammadjonov (Toshkent shahri), Jahongir Jumayev (Buxoro), Samandar Sattorov (Mudofaa vazirligi), Shohasan Mirzamatov (Mudofaa vazirligi), Shahboz Ortiqov (Qashqadaryo), Azamat Nuftillayev (Qashqadaryo) va Jasur Mirzamuhammedov (Mudofaa vazirligi) oʻz vazn toifalarida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Oʻtkazilgan toʻqqizta bellashuv natijasiga koʻra, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni Mudofaa vazirligi jamoasi egalladi.
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlarga medallar, diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?