Arablar uchun milliy liboslar Andijonda tayyorlanadi

14:22 18 Iyul 2019 Iqtisodiyot
368 0

Saudiya Arabistonining Madina shahridan tashrif buyurgan Abdulbosit Abdulhodiy Andijonda tikuvchilik yoʻnalishi boʻyicha istiqbolli loyihani taqdim etdi.

— Arablarning milliy kiyimlari Xitoy davlatida ishlab chiqariladi, — deydi investor. — Lekin Oʻzbekistonda yetishtirilgan paxta xom ashyosi sifatliligi bilan ajralib turadi. Shu sababli Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Qoʻrgʻon gruk” MCHJ bilan hamkorlikda arablar milliy kiyimlarini tayyorlashni rejalashtirdik. Buning uchun Andijonda barcha sharoit mavjud.

Loyiha amalga oshirilgach, dastlab 100 ta ish oʻrni yaratiladi. Bu esa “Qoʻrgʻon gruk”ning ishlab chiqarish surʼati uch barobar ortishiga sabab boʻladi. Hamkorlikdagi rejalar ijobati natijasida qoʻrgʻontepalik chevarlar tomonidan tikilgan mahsulotlar “Al Andijoniy” brendi ostida dunyo bozoriga kirib boradi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?