AQSHning yangi elchisi Oʻzbekistonga keldi. Tashqi ishlar vaziri undan ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib oldi

12:11 24 May 2019 Jamiyat
157 0

2019-yilning 24-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qoʻshma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Daniyel Rosenblumni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Vazir Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, uni ilik qutladi va masʼuliyatli vazifasini bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil may oyida AQSHga rasmiy tashrifi hamda oliy va yuqori darajadagi muzokaralar chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan Oʻzbekiston-AQSH munosabatlarini chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim masalalar ham muhokama qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?