AQSHning Pekindagi elchixonasida portlash ro‘y berdi

11:37 26 Iyul 2018 Dunyo
372 0
Foto: Twitter © hdjdjsjxw

AQSHning Xitoy poytaxti Pekin shahrida joylashgan elchixonasida portlash ro‘y berdi. Bu haqda voqea guvohlariga asoslangan holda Associated Press xabar qilmoqda.

Xitoy davlat nashrlari bir ayol bino oldida o‘ziga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgani haqida xabar bergan.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, elchixona joylashgan hududga politsiyachilar yetib kelgan, ayol qo‘lga olingan.

Voqea joyida olingan video va fotolarda hududni tutun qoplaganini ko‘rish mumkin.

Surishtiruv olib borilmoqda.Jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?