AQSHning Kolumbiya universiteti oʻqituvchisi namanganlik talabalarga dars oʻtmoqda

17:48 13 Sentyabr 2018 Jamiyat
201 0
Foto: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

AQSHning Kolumbiya universiteti ekspert-oʻqituvchisi Benjamin Arensteyn yangi oʻquv yilidan boshlab bir yil davomida Namangan muhandislik-texnologiya institutida talabalarga ingliz tilidan dars mashgʻulotlarni oʻtkazadi.

Bundan tashqari, Benjamin Arensteyn tomonidan institutning professor-oʻqituvchilar uchun mahorat darslari ham tashkil etiladi. Bu Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy telegram kanali xabar bermoqda.

Mazkur institutga AQSHlik yana bir oʻqituvchi tashrif buyurib, oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashmoqda. Texas xalqaro taʼlim markazi professori Ravi Prokash Dani tegishli yoʻnalishdagi talabalarga “Oʻsimlikshunoslik va paxtachilik” fanidan 40 soatlik dars mashgʻulotlarini olib bormoqda.

Professor Ravi Prokash Dani tashrifi davomida AQSH va Hindistonning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan videokonferensiya oʻtkazish ham rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?