AQSHning ikki shtatida favqulodda holat eʼlon qilindi

11:20 11 Sentyabr 2018 Dunyo
395 0
Illyustrativ foto

AQSH prezidenti Donald Tramp “Florens” toʻfoni yaqinlashayotgani tufayli Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlarida favqulodda holat eʼlon qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Janubiy Karolinada odamlarni xavfsiz joyga koʻchirish ishlari boshlab yuborilgan. Bir milliondan ortiq mahalliy aholi vakillari oʻz uy-joylarini tark etmoqda.

Shtat federal rahbariyatidan maʼlum qilinishicha, tabiiy ofat asoratlarini bartaraf etish uchun mahalliy byudjetning 75 foizi sarflanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?