AQSHlik futbol muxlislariga Rossiyaga qo‘l telefoni bilan bormaslik tavsiya etildi

AQSH milliy kontrrazvedka markazi direktori Uilyam Evanina Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga boradigan hamyurt muxlislarga o‘zlari bilan mobil telefon va boshqa elektron qurilmalarni olib ketmaslikni maslahat berdi. Uning aytishicha, ma’lumotlar olish uchun kiberjinoyatchilar va boshqalar qurilmalarga buzib kirishi mumkin.
“Agar siz o‘zingiz bilan mobil telefonlar, noutbuklar yoki boshqa elektron qurilmalarni olib ketishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, Rossiya hukumati yoki kiberjinoyatchilar ulardagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga urinishi mumkin”, - deydi Uilyam Evanina.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar uzoq vaqt FQBda ishlagan Evaninaning so‘zlariga ko‘ra, bu borada, ayniqsa, korporatsiyalar yoki hukumatning rasmiy vakillari ehtiyot bo‘lishlari kerak.
“Jamiyatda katta o‘ringa ega shaxslar nishonga aylanishi mumkin. Agar elektron qurilmalarsiz bora oladigan bo‘lsangiz, ularni olmang. Agar bunga zarurat tug‘ilsa, asosan foydalanadigan qurilmani emas, boshqasini ola keting” – deydi u.
AQSHning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonasi rahbari Entoni Godfrining aytishicha, ushbu davlatga qariyb 35 ming nafar amerikalik ishqiboz tashrif buyurishi kutilmoqda.
Oldinroq Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari ham xuddi shunday bayonot bilan chiqqandi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzoq tanaffusdan soʻng Ismoil Joʻrabekovdan eksklyuziv intervyu
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: