AQSHga ishga boraman deb, 35800 dollaridan ayrildi

10:01 22 Avgust 2019 Jamiyat
104 0

Illyustrativ foto

2019-yil 18-avgust kuni Samarqand shahar IIBga tushgan hujjatlarga koʻra, 2018-yil sentyabr-noyabr oylarida Pastdargʻom tumanida yashovchi 33 yoshli Sh.T.Samarqand shahridagi Mirzo Ulugʻbek koʻchasida fuqaro 35 yoshli G.S. ismli ayolni AQSHga ishga yuborishlikni aytib, undan 35800 AQSH dollarini olgan va shu kunga qadar bergan vaʼdasini bajarmay, pullarni oʻz ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Sh.T.qoʻlga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?