AQSHda yashab kelayotgan Qosimxo‘jayev Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosariga aylandi

16:06 07 Avgust 2018 Jamiyat
308 0
Foto: uzbektourism.uz

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari v.b. etib tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Facebook sahifasi orqali xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi prezidentining xorijda yashayotgan vatandoshlarimizni turli tashkilotlarga jalb etish va hamkorlik o‘rnatish borasida topshirig‘iga binoan, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining mas’uliyatli lavozimiga AQSHdan Ulug‘bek Qosimxo‘jayev taklif qilindi”, — deb yozadi Aziz Abduhakimov.

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev (1978 yilda Andijonda tug‘ilgan) 2000 yilda prezident shafeligidagi “Umid” foni yo‘llanmasi bilan Peys universiteti (AQSH)ning bakalavr bosqichini biznesni boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2007 yilda esa Barri universiteti (AQSH)da moliya yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olgan. 2007 — 2013 yillarda Barri Zanderberd (AQSH) universitetlarida dars bergan. 2014 yilda AQSHda o‘zining turizm va investitsiya yo‘nalishi bo‘yicha shaxsiy biznesini tashkil etgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?