AQSHda prezidentlik saylovi tizimi qanday?

12:01 16 Sentyabr 2020 Dunyo
100 0

AQSH Konstitutsiyasiga koʻra prezidentlikka nomzod uchun quyidagi talabalar qoʻyiladi:

Nomzod AQSHda tugʻilgan mamlakat fuqarosi boʻlishi, 35 yoshdan kichik boʻlmasligi hamda kamida 14 yil AQSH hududida muqim yashagan boʻlishi zarur.

AQSHda prezidentlik saylovlari bir necha bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: Dastlabki saylovlar va yigʻilishlar

AQSHning har bir fuqarosida davlat boshqaruvi haqida turli xil gʻoya va qarashlar mavjud. Shu sababli siyosiy partiyalarga aʼzo boʻlgan har qanday kishi oʻz nomzodini ilgari surishi mumkin. AQSHda asosiy saylovlardan oldin, partiyalarning mahalliy kengashlarida «Partiyaning saylovoldi yigʻilishlari» – Caucuses oʻtkaziladi. Ularda nomzodlikka daʼvogarlar ichidan eng yaxshilari tanlab olinib keyingi bosqichga tavsiya etiladi. Keyingi bosqich “Boshlangʻich saylovlar” – “ praymeriz” deb ataladi va har bir shtatda oʻtkaziladi. Keyingi bosqichda partiya nomidan ishtirok etish uchun eng yaxshi nomzodlar partiya faollari tomonidan saylanadi.

2-bosqich: Milliy konvensiyalar

Bu bosqichda partiyalar «Umummilliy saylov»da ishtirok etadigan bir nafar nomzodni tanlab olish uchun “Milliy konvensiyalar” oʻtkazadilar. Prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun tanlangan nomzod mazkur yigʻilishda “vitse-prezident”lik uchun oʻz nomzodini tanlaydi. Shuning bilan partiyalarning prezidentlik uchun nomzod tanlash bosqichi tugaydi.

3-bosqich: Umummilliy saylovlar

Bu bosqichda, nomzodlar saylovoldi tashviqot ishlarini olib borishadi, oʻz elektorati bilan uchrashuvlar oʻtkazadi va saylovchilarning qoʻlloviga erishishga harakat qilishadi.

Bu bosqichda saylovchilar bir nafar prezident va bir nafar vitse-prezident uchun ovoz berishadi. Shu bilan birgalikda saylovchilarning irodasini ifoda etadigan, asosiy saylovlarda ishtirok etuvchi saylovchilar guruhi - kollegiyalarga ham ovoz berishadi.

4-bosqich: Saylovchilar kollegiyalari

Bu bosqichda har bir shtatdan Kongressdagi egallagan oʻrniga qarab, maʼlum bir miqdordagi kishilar guruhi – saylovchilar kollegiyalari shakllantiriladi. Har bir saylovchi (kollegiya aʼzosi) bir ovozga ega. Saylovning soʻngi bosqichida nomzodlardan biri 538 nafar saylovchi (kollegiya aʼzosi)ning yarmidan (270) koʻproq ovoziga ega boʻlsa saylangan hisoblanadi. Saylangan Prezident ham, vitse-prezident ham qasamyod qabul qiladi. Yangi yilning yanvar oyida inauguratsiya marosimi boʻlib oʻtadi. Shundan soʻng saylangan yangi prezident va vitse-prezident oʻz vakolatlarini bajarishga kirishadi.

Ingliz tilidan R.Burxonov tarjimasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?