AQSHda oʻtkazilgan koronavirus vaksinasi sinovi ijobiy natija berdi

17:12 16 Iyul 2020 Dunyo
722 0

Ayni paytda dunyoda koronavirusga qarshi yuzdan ortiq vaksina ustida ish olib borilmoqda. New England Journal of Medicine jurnalida AQSHda yaratilayotgan vaksinaning samara berayotgani e'lon qilindi.

AQSHdagi Moderna kompaniyasi oʻzi yaratayotgan vaksinaning dastlabki sinov bosqichida qatnashgan 18 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan 45 nafar qatnashchining barchasida koronavirusga qarshi immunitet hosil boʻlganini maʼlum qildi.

Koʻngillilar 3 guruhga boʻlindi va har bir guruhga turli dozalarda mRNA-1273 vaksinalari berildi: 25, 10 va 250 mikrogram, ikki marta, emlashlar orasidagi 28 kunlik interval bilan. Uchala guruhda ham birinchi emlashdan soʻng tadqiqot ishtirokchilari olingan vaksinaning dozasiga mutanosib ravishda koronavirusga qarshi antikorlarni ishlab chiqdi. Ikkinchi emlashdan keyin antikorlar soni sezilarli darajada oshdi. Bundan tashqari, eng koʻp vaksina eng kam dozalangan guruh ishtirokchilari orasida ishlab chiqilgan.

Lekin qatnashchilarning yarmidan koʻpida vaksinaning yengil boʻlgan aks taʼsiri kuzatilgan boʻlib, ularda bosh ogʻrigʻi, charchoq va muskullar ogʻrishi yuz bergan.

Moderna oʻz vaksinasining ikkinchi bosqichini shu oyning oxiriga rejalashtirgan va unda 30 000 kishi qatnashadi. AQSH hukumati Moderna kompaniyasining vaksinasi uchun hozirgacha yarim milliard dollar mablagʻ ajratishga vaʼda bergan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?