AQSHda ommaviy qotillik uchun oʻlim jazosi belgilanishi mumkin

09:22 06 Avgust 2019 Jamiyat
124 0

Illyustrativ foto

AQSH rasmiylari nafratga asoslangan jinoyatlarga qarshi kurashishga yoʻnaltirilgan milliy qonunchilikni qatʼiy kuchaytirmoqchi. Bu haqda ushbu davlat rahbari Donald Tramp aytib oʻtdi, deb xabar berdi TASS.

U Texas va Ogayo shtatlarida tinch aholini ommaviy oʻqqa tutilishi munosabati bilan chiqish qilar ekan, nafratga asoslangan jinoyat, shuningdek, ommaviy qirgʻinni amalga oshirganlik uchun oliy jazo(oʻlim jazosi) qisqa vaqt ichida qabul qilinishini alohida taʼkidladi.

Oq uy boshligʻi AQSH rasmiylari ijtimoiy tarmoq egalarini odamlarni ommaviy oʻqqa tutish yoki shu kabi bosqinlarni amalga oshirishni maqsad qilgan ekstremistik kayfiyatdagi shaxslarni erta aniqlab beradigan vosita yaratishga jalb etishmoqchi ekanligini bildirdi.

“Biz internetning qorongʻu hududlarini oydinlashtirishimiz va ommaviy qotilliklarni ular amalga oshirilishidan oldin toʻxtatishimiz shart”, - deya qayd etib oʻtdi u. Oʻz navbatida mamlakatda qurol bilan muomala qilishga oid qonunni keskinlashtirishga chaqirdi

AQSH prezidenti Ogayo va Texasda odamlarning ommaviy oʻqqa tutilishini butun davlatga hujum hamda insoniyatga qarshi jinoyat deb atadi.

Eslatib oʻtamiz, 3-4-avgust kunlari AQSHning Texas shtati El-Paso, Ogayo shtati Deyton, Illinoys shtati Chikago shaharlarida tinch aholini bir qancha ommaviy oʻqqa tutish holatlari yuz bergandi.

Oqibatda oʻttizdan ortiq inson halok boʻlgandi, yana oʻttizdan ziyodi jarohatlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?