AQSHda ishlagan oʻzbekistonlik yana bir mutaxassis Moliya vaziriga oʻrinbosar boʻldi

17:31 09 Yanvar 2019 Siyosat
546 0

Gʻolib Xoljigitov Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining direktori — Moliya vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Gʻolib Xoljigitov 2001 yilda Shimoliy Arizona universiteti (AQSH), 2004 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va 2012 yilda Harvard universitetlarini (AQSH) tamomlagan.

Moliya vazirligida ish faoliyatini 2001 yilda boshlagan. 2004-2011 yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish ekspert guruhi rahbari, Markaz direktori vazifasini bajaruvchi va Markaz direktori boʻlgan.

Hozirgi kungacha u “Bank of America Merril Lynch” korporatsiyasining moliyaviy texnologiyalar masalalari boʻyicha loyihalar menejeri (AQSH) lavozimida ishlagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?