AQSHda iqtisodiy faoliyatning keng miqyosda ochilish jarayoni davom etishi maʼlum qilindi

13:17 27 Iyun 2020 Dunyo
236 0

AQSH vitse-prezidenti Mayk Pens mamlakatda koronavirusning ayrim joylardagi tarqalish surati oshganiga qaramay iqtisodiy faoliyatning keng miqyosda ochilish jarayoni davom etishini maʼlum qildi.

“Biz Amerikaning olgʻa harakat qilishini istaymiz, ayni bir paytda amerikaliklarning hayoti va salomatligi uchun zarur choralarni koʻramiz”, dedi Pens koronavirus boʻyicha ishchi guruh brifingida.

“Interfaks” xabariga koʻra, Pens barcha shtatlar iqtisodiyoti xavfsiz va masʼuliyatli tarzda ochila borishini, virus tarqalishi kuchaygan hududlarda ham odamlarni ishga qaytarish boʻyicha “sezilarli olgʻa siljish”ga erishilganini taʼkidlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?