AQSHda — Gollivud, Hindistonda — Bollivud. Oʻzbekistonda Sollivud qurilmoqda (foto)

11:59 05 Dekabr 2019 Madaniyat
344 0

Samarqandda AQSH hamda dunyo kinosanoati markazlaridan biri boʻlgan Gollivud tipidagi kino shaharchasi quriladi. Bu haqda “Daryo“ nashri xabar bermoqda.

Samarqand viloyati Nurobod tumani Oqsoy hududida qurilishi rejalashtirilgan kinoshaharcha loyihasi Vendo group kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

“Loyihaning umumiy yer maydoni 160 gektar boʻlib, shaharcha Cinema City Sollywood nomini oladi. Unda zamonaviy koʻrinishdagi 3—4 yulduzli mehmonxonalar, restoran va kafelar, dam olish va istirohat bogʻlari (bulvar, tropik), akvapark, kinoteatr, konsertlar va konferensiyalar oʻtkaziladigan zallar barpo etiladi,” — deydi loyiha muallifi H.Mamasoliyev.

2022-yilda toʻla quvvatda ishga tushiriladigan ushbu loyiha tufayli hududda 500 ga yaqin yangi ish oʻrinlari ochiladi. Shaharcha AQSHning Daha USA Group hamda Xitoyning Yiwu Compass Trading kompaniyalari bilan hamkorlikda quriladi. Birinchi bosqichda 15,0 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya mablagʻlarini kiritish rejalashtirilgan.

Shuningdek, shaharchada avtomobil ishqibozlari uchun “Avtoralli yoʻlagi”, turizmni rivojlantirish va sayyohlar tashrifini oshirish uchun Okeanarium qurish ham koʻzda tutilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?