AQSHda deyarli 60 million fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi

15:19 26 Oktyabr 2020 Dunyo
258 0

AQSHda shu yilning noyabr oyida boʻlib oʻtadigan saylovlarda 60 millionga yaqin fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi.

Bu haqda Florida universiteti professori Maykl Makdonald maʼlum qildi.

“Biz kunni 59,4 million bilan yakunlayapmiz. Biroq, ertangi kunning birinchi tonggi yangilanishi bilan ularning soni 60 milliondan oshib ketishi ehtimoldan xoli emas”, - dedi saylovda ishtirok etganlarni hisoblab borayotgan olim.

Mutaxassislar muddatidan oldin ovoz berish jarayonining rekord darajasini koronavirus pandemiyasi bilan izohlashmoqda. Zero, AQSH aholisi saylov kuni saylov uchastkalarida odamlar juda koʻp boʻlishidan, bu esa oʻz navbatida, xastalikni yuqtirish xavfini sezilarli darajada oshirishidan qoʻrqishmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, 3-noyabr kuni AQSHda boʻlib oʻtadigan saylovlarda prezident va vitse-prezidentdan tashqari, 35 senator, Vakillar palatasining barcha 435 aʼzosi, 13 shtat va hudud gubernatorlari hamda mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari saylanadi.

Saylovda gʻolib boʻlgan AQSH prezidentining inauguratsiyasi esa 2021-yilning 20-yanvarda boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?