AQSHda dam olish kunlari 20 dan ortiq tornado yuz berdi. Qurbonlar bor

16:00 03 Dekabr 2018 Dunyo
195 0

Foto: РИА Новости

Oʻtgan dam olish kunlari AQSHning markaziy hududlarida tornado bilan bogʻliq 20dan ortiq holat kuzatildi.

Oqibatda bir kishi halok boʻldi, yigirma nafardan ortiq kishi jabrlandi.

Fox News xabariga koʻra, Illinoys shtati Teylorvill shahri tabiiy ofatdan eng koʻp zarar koʻrdi. Xavf haqida oldindan ogohlantirish tizimi oʻz vaqtida ishlab ketgani uchun koʻplab odamlar xavfsiz joylarga yashirinishga muvaffaq boʻldi.

Hodisadan Missuri, Oklaxoma va Arkanzas shtatlari ham aziyat chekkan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?