AQSHda 100 minglab koʻchmanchi qushlar oʻlik holda topildi

22:11 17 Sentyabr 2020 Dunyo
331 0

Amerikalik olimlar bir necha yuz minglab koʻchmanchi qushlarni Nyu-Meksiko shtatida oʻlik holda topishdi.

Dastlab, 20-avgust kuni oʻlik qushlarning katta qismi White Sands raketa poligoni va mahalliy qoʻriqxona hududida topilgandi. Keyinchalik yuz minglab qushlar shtat boʻylab halok boʻlgani aniqlangan.

“Biz koʻrib turganimizdan xulosa qiladigan boʻlsak, soʻz yuz minglab, ehtimol, millionlab qushlar haqida bormoqda. Bu olti xonali raqam”, deya taʼkidladi Nyu-Meksiko shtati universiteti professori Marta Desmond. Shu bilan birga, Kolorado, Texas va qoʻshni Meksikada ham oʻlik qushlar aniqlangan.

Mutaxassislar qushlarning ommaviy qirilish sabablarini oʻrganmoqda. Ehtimolli omillardan biri sifatida Kaliforniyadagi oʻrmon yongʻinlari aytilmoqda va bu muddatidan ilgari qushlar migratsiyasiga sabab boʻlgan. 

Desmondning soʻzlariga koʻra, safar qilish uchun qushlarga oqsil va yogʻlar yetishmagan. Bundan tashqari, ular Kaliforniya yongʻinlari sababli yuzaga kelgan oʻpka faoliyatining buzilishi tufayli ham halok boʻlgan boʻlishi mumkin.

Oʻlik qushlar Oregon shtatidagi maxsus laboratoriyaga yuboriladi. U yerda qushlarning ommaviy qirilish sabablariga aniqlik kiritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?