AQSH va KXDR rahbarlari yana uchrashishi mumkin

12:28 22 Oktyabr 2018 Dunyo
241 0
Foto: РИА Новости

AQSH Prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In oʻrtasidagi navbatdagi uchrashuv 2019 yilning yanvar oyida oʻtkazilishi mumkin.

Bu haqda Janubiy Koreyaning Chosun Ilbo gazetasi Vashingtondagi diplomatik manbasiga asoslanib xabar berdi.

Aniqlanishicha, Oq uy mazkur sammitni 2019 yil 10 yanvarigacha tashkil etmoqchi. Uni oʻtkazish joyi hozircha aniq emas.

Bundan oldin Trampning milliy xavfsizlik boʻyicha yordamchisi Jon Bolton prezident Shimoliy Koreya rahbari bilan yaqin oylar ichida koʻrishishi ehtimoli borligi haqida aytib oʻtgandi.

Mazkur masala AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning Pxenyanga qilgan tashrifi va Kim Chen In bilan oʻtkazgan muzokaralari davomida koʻrib chiqilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?