AQSH va KXDR rahbarlari yana uchrashadi. Bu safar Vyetnamda

14:39 06 Fevral 2019 Dunyo
494 0

Foto: Washingtonpost

AQSH va KXDR rahbarlari oʻrtasidagi ikkinchi sammit 27-28 fevral kunlari Vyetnamda boʻlib oʻtadi, deb xabar berdi “Renxap”.

“Rais Kim(Kim Chen In nazarda tutilyapti) va men 27-28 fevral kunlari Vyetnamda yana uchrashamiz”, - deya eʼlon qilgan AQSH prezidenti mamlakat Senati va Kongress vakillik palatasi oldida har yillik qiladigan chiqishi chogʻida.

Tramp oʻz murojaatnomasida sammit aynan qaysi shaharda boʻlib oʻtishiga aniqlik kiritmagan. Muzokaralarga tayyorgarlik koʻrish uchun Pxenyanga AQSH davlat departamentining Shimoliy Koreya boʻyicha vakili Stiven Bigen allaqachon yetib kelgan.

Ikki rahbar oʻrtasidiga birinchi tarixiy uchrashuv 2018 yil 12 iyun kuni Singapurda boʻlib oʻtgan edi. Uning yakunlari boʻyicha Tramp va Kim Chen In toʻliq denuklearizatsiya qilishga prinsipial tayyor ekanligi, bunga javoban AQSH esa KXDRga xavfsizlik kafolatini taqdim etishini eʼlon qilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?