AQSH va KXDR rahbarlari imzolagan yakuniy hujjatda nimalar o‘z ifodasini topdi?

14:33 12 Iyun 2018 Dunyo
502 0
Fotо: ABC/Conor Finnegan

AQSH va KXDR ikki mamlakat xalqlarining tinchlik va taraqqiyot bo‘yicha istaklariga muvofiq holda ikki tomonlama munosabatlarni yangi formatda yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. Bu haqida Singapur sammiti yakuni bo‘yicha Donald Tramp va Kim Chen In tomonidan imzolangan hujjatda ko‘rsatib o‘tilgan, deb xabar berdi NBC telekanali.

Mazkur hujjatdan to‘rtta punkt joy olgan.

Jumladan:

- Koreya yarim orolida mustahkam va barqaror rejimni yaratish uchun barcha sa’y-harakatlar safarbar etish bo‘yicha AQSH va KXDR majburiyati;

- 27 aprelda imzolangan deklaratsiya tasdig‘i uchun Koreya yarim orolini to‘liq denuklerizatsiya qilishga erishish bo‘yicha KXDR va’dasi;

- Amerikalik harbiy asirlar qoldiqlarini izlash va ularni vataniga qaytarishga xayrixohlik, shuningdek, bedarak yo‘qolganlarni qidirish.

Eslatib o‘tamiz, sammit yakunlangandan so‘ng Donald Tramp KXDR bilan o‘ziga xos aloqa o‘rnatilishining uddasidan chiqilgani va ushbu davlat juda tez orada denuklerizatsiya jarayonini boshlab yuborishini bildirib o‘tdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?