AQSH va Kanadada nima gaplar? Yoxud hamyurtlarimiz muddatidan oldin ovoz berish uchun qariyb 4 ming kilometrdan yetib kelishdi

14:55 16 Dekabr 2019 Siyosat
474 0

Kuni kecha AQSHning Atlanta shahri(Jorjiya shtati)da Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlarida muddatidan oldin ovoz berildi. Bu haqda mamlakatimizning Vashingtondagi elchixonasi xabar berdi.

Ovoz berish jarayonlarida 70ga yaqin hamyurtlarimiz ishtirok etdi.

Shu kuni Kanadaning Toronto shahrida ham muddatidan oldin ovoz berish tashkil etildi. Ayrim saylovchilar muddatidan oldin ovoz berish joyiga Kanadaning chekka, xususan, Alberta(3,7 ming km.), Ontario(950 km.), Kvebek(540 km.) provinsilaridan ham yetib kelishdi.

Oʻzbekiston fuqarosi Kseniya Soyning aytishicha, u Ottavadan ovoz berish uchun yetib kelgan. U uchun ona Vatanida sodir boʻlayotgan jarayonlar juda muhim ekanligini taʼkidladi.
13-dekabr kuni ham Oʻzbekistonning yetmishdan ziyod fuqarolari Florida shtati Orlando shahrida muddatidan ovoz berdilar. Ushbu jarayonga Marriott mehmonxonasi mezbonlik qildi. Eʼtiborli jihati, saylovchilarning asosiy qismini muddatidan oldin ovoz berish punktlariga oʻz oilasi bilan kelgan yoshlar tashkil qildi.
- Mamlakatimizning qanday rivojlanishi, uning siyosati nimaga qaratilishi, bu jarayonda qanday ijtimoiy muammolar hal boʻlishiga befarq emasmiz, - dedi ulardan biri Akmal Tillaxoʻjayev.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq, AQSH hududida 150-Shayxontohur saylov okrugiga biriktirilgan mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasida 12-sonli va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasida 33-sonli saylov uchastkalari tashkil etilgan.

Saylov uchastkalari ovoz berish uchun zarur boʻlgan jihozlar bilan taʼminlangan, yashirin ovoz berish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, uchastka komissiyasi faol ishlamoqda.

"Oʻzbekiston fuqarolari barcha masalalar boʻyicha quyidagi aloqa maʼlumotlari orqali murojaat qilishlari mumkin:

Oʻzbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi – Tel: +1-202-887-5300 (ichki 1), Tel./telegram: +1-202-251-8298, elektron pochta: consul.washington@mfa.uz, telegram-kanal: @ElchixonaUz, veb-sayt: www.uzbekistan.org; Oʻzbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi – Tel: +1-212-754-7403 // +1-212-754-6178 (ichki raqamlar 107 va 109), Tel: +1-917-539-4664, +1-347-217-4406, elektron pochta: info@uzbekconsulny.org, veb-sayt: www.uzbekconsulny.org”, - deyiladi xabarda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?