AQSH sobiq prezidenti seriallarga prodyuserlik qiladi

12:31 22 May 2018 Dunyo
303 0
Fotо: The New York Times

Film va seriallar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi AQSHning “Neftlix” kompaniyasi mamlakat sobiq prezidenti Barak Obama va uning turmush o‘rtog‘i Mishel Obama bilan hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqida kompaniya o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Obamalar joriy yilda umuman bekor o‘tirmaydi. Sababi “Neftlix” 2018 yilning o‘zida 700 ta film va serialni yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bunday miqdordagi kontentni boshqa kanallar, internet servislari va kinostudiyalar faqatgina orzu qila oladi.

“Buning uchun mazkur kompaniya yil davomida qariyb 8 milliard dollar sarflaydi”, deb aytib o‘tdi uning moliyaviy direktori Devid Uells.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?