AQSH Sirdaryoda toshqindan zarar koʻrgan oilalar uchun zarur vositalarni yetkazib berdi

18:26 29 May 2020 Jamiyat
164 0

Bugun AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblyum Sardoba suv ombori oʻpirilishi ortidan “Sogʻlom avlod uchun” nodavlat xayriya jamgʻarmasiga zarur vositalarni topshirdi. Ushbu insonparvarlik yordami tabiiy ofatdan jabrlangan oilalarga yetkaziladi.

AQSH hukumati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) qoshidagi Tabiiy ofatlarda yordam koʻrsatish boshqarmasi orqali taqdim etgan insonparvarlik yordami oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zarur narsalardan (gigiyena vositalari, koʻrpa-toʻshaklar, choyshablar, suv tozalash uchun tabletkalar va boshqalar) tashkil topgan. Jamgʻarma ushbu insonparvarlik yordamini suv toshqini boʻlgan hududlarga yetkazib beradi hamda uni Sirdaryo viloyatidagi hududiy filiali orqali tarqatadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?