AQSH, Rossiya va Iordaniya Suriyadagi vaziyatni muhokama qiladi

14:51 30 May 2018 Dunyo
810 0
Foto: news.day.az

AQSH, Rossiya va Iordaniya vakillarining Suriyaning harbiy rejim joriy etilmagan hududlaridagi vaziyatni muhokama qilish maqsadidagi uchrashuvi Ummon davlatida bo‘lib o‘tadi. Bu haqida RF prezidentining Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bo‘yicha maxsus vakili, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov aytib o‘tdi.

“Uchrashuv Amman shahrida tashkil etiladi. Biz bu uchrashuvni sheriklarimiz qabul qili oladigan barcha darajalarda o‘tkazishga tayyormiz”, dedi Bogdanov.

Uning aytishicha, iordan tomoni boshidanoq vazirlar darajasidagi muloqotni taklif etgan.

“Vazirimiz bunday aloqaga to‘liq tayyor” , deya qo‘shimcha qilar ekan ayni paytda Amerika tomonining bu boradagi javobi kutilayotganini bildirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?