AQSH rahbari BMT Bosh assambleyasi doirasida oltita davlat rahbari bilan uchrashadi

12:35 21 Sentyabr 2018 Dunyo
902 0
Foto: RFI

Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp BMT 73-Bosh assambleyasi doirasida oltita davlat rahbari bilan uchrashadi.

Bu haqda Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga aytilishicha, Donald Tramp Tramp 25 sentyabr kuni Bosh assambleyada nutq soʻzlaydi, undan keyin BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh bilan uchrashadi.

Shuningdek, u BMT 73-Bosh assambleyasi prezidenti Maria Fernanda Espinoza bilan ham uchrashadi.

26 sentyabr kuni esa u Janubiy Koreya, Misr, Fransiya, Isroil, Yaponiya va Buyuk Britaniya rahbarlari bilan uchrashadi.

Bundan tashqari, AQSH rahbari BMT Xavfsizlik kengashida yadroviy qurol tarqalishini cheklash mavzusida chiqish qilishi ham rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?