AQSH prezidenti Oq uyda o‘zbekistonlik talabani qabul qildi

11:37 08 Iyun 2018 Jamiyat
1444 0
Fotо: nuz.uz

Tarkibida o‘zbekistonlik Alan Gajiyev bo‘lgan AQSHning Wake Forest tennis jamoasi Donald Tramp bilan uchrashishi uchun Oq uyga taklif etildi. Bu haqida Winston-Salem Journal nashri xabar berdi.

AQSH rahbari sportchilarni talabalar sporti milliy uyushmasining nufuzli turnirida qozongan g‘alabasi bilan shaxsan tabriklashni xohlagan.

Wake Forest mazkur musobaqada zafar quchgunga qadar yopiq inshootlarda o‘tkazilgan Amerika Kubogi bahslarida, o‘zlarining ASS konferensiya chempionatida, Amerika birinchiligida, Amerika Kubogida ham birinchi o‘rinni egalladi. Shunday qilib ushbu jamoa mavsumdagi barcha to‘rtta turnir g‘olibiga aylandi.

Tramp jamoaning har bir a’zosi bilan suhbatlashib, ularni muvaffaqiyat bilan tabrikladi va bu buyuk natija ekanligini e’tirof etdi.

“... Bu fantastik jamoa, sizlarni g‘alaba bilan qutlayman va siz bu yerda ekanligingizdan xursandman. Bizda, aytgancha, ajoiyb tennis kortimiz ham bor, agar xohlasangshiz, u yerda istalgan paytda mashg‘ulot o‘tkazishingiz mumkin”, dedi Tramp.

Ma’lumot uchun, Wake Forest universiteti jamoasidagi o‘zbekistonlik yagona vakil Alan Gajiyev 1996 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 8 yoshdan beri tennis bilan shug‘ullanadi. 14 yoshida Barselonaga Sanchez-Casal akademiyasida ushbu sport sirlarini o‘rganish uchun jo‘nab ketgandi.

AQSHdagi jamoadoshlari orasida Xorvatiya, Kipr, Germaniya, Tunis, Isroil yoshlari ham bor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?