AQSH Prezidenti Kim Chen In bilan birga tushadigan surat va videotasvirlarni yaxshilab olishni so‘radi

11:00 12 Iyun 2018 Dunyo
859 0

AQSH Prezidenti Donald Tramp Singapur sammitida ishlayotgan fotomuxbir va teleoperatorlardan Kim Chen In bilan tushadigan suratlari hamda tasvirlari ideal chiqishi kerakligini hazil aralash so‘ragan.

“Qalay, kadrlar yaxshi chiqyaptimi? Biz yaxshi, chiroyli va ixcham ko‘rinishimiz uchun. Unda hammasi a’lo”, degan u OAV vakillariga KXDR rahbari bilan Capella mehmonxonasida tashkil etiladigan ishchi lanch oldidan suratga tushish jarayonida.

AQSH rahbari KXDR yetakchisini muloyimlik bilan ovqatga taklif etgan. Lanchga amerikalik jurnalistlar kiritilmagan. Uni Singapurning Host TV telekanali yoritgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?