AQSH Prezidenti Donald Tramp Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi

14:39 21 Mart 2020 Siyosat
194 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!

Navroʻz Siz va Oʻzbekiston xalqiga shodlik va farovonlik olib kelishini tilayman. Navroʻz tinchlik va yangilanish ramzi boʻlmish oʻziga xos bayramdir. Ushbu ayyom ayniqsa joriy yilda katta ahamiyatga ega, chunki mamlakatlarimiz Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yoʻlida muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.

Siz amalga oshirayotgan keng koʻlamli islohotlar dasturi roʻyobga chiqayotganini koʻrish menga mamnuniyat bagʻishlaydi. Yanada yuksak ravnaq sari shu yoʻldan harakat qilar ekansiz, Qoʻshma Shtatlar Siz va Oʻzbekiston xalqining qatʼiy va oʻzgarmas sherigi boʻlib qoladi.

Navroʻz muborak!

Hurmat bilan,

Donald J. Tramp,
Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezident


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?