AQSH Prezidenti Donald Tramp Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi

15:48 23 Mart 2019 Siyosat
362 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!

Navroʻz Sizga, oilangizga va Oʻzbekiston xalqiga shodlik va farovonlik olib kelishini tilayman. Ushbu ajoyib bayram munosabati bilan koʻplab amerikaliklar hamda dunyodagi boshqa xalqlar yangilanish va uygʻonish ayyomini birgalikda nishonladilar.

Oʻtgan yil may oyida Siz bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv menga katta mamnuniyat bagʻishladi, Siz amalga oshirayotgan islohotlar surʼati meni gʻoyat xursand qilmoqda. Amerika xalqi va ishbilarmon doiralari Oʻzbekiston bilan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishda davom etmoqda. Biz Afgʻonistonda barqaror taraqqiyot va tinchlikka erishishning tarafdori boʻlgan paytda Sizning Shimoliy yoʻlak masalasida qoʻllab-quvvatlashingizni qadrlayman. Navroʻz muborak!

Samimiyat ila,

Donald Tramp, Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?