AQSH parlamenti a’zolari Moskvada uchrashuvlar o‘tkazmoqda

17:32 03 Iyul 2018 Dunyo
286 0
Foto: Mir24.tv

Bugun Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvada AQSHlik bir guruh kongress a’zolari bilan uchrashdi.

Interfaks xabariga ko‘ra, AQSH delegatsiyasiga Alabama shtatidan saylangan senator, Kongressdagi mablag‘ ajratish bo‘yicha senat qo‘mitasi raisi Richard Shelbi rahbarlik qildi.

RF TIV rahbari ikki davlat prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvi arafasida Rossiya va AQSH parlament a’zolari darajasida o‘tkazilgan mazkur muloqotni o‘z vaqtida tashkil etilganini qayd etdi.

AQSHlik mehmonlar RF Davlat dumasi va Federatsiya kengashida ham qabul qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Putin va Tramp uchrashuvi 16 iyul kuni Xelsinki shahrida o‘tkazilishi belgilangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?