AQSH mudofaa vaziri koronavirus bois Oʻzbekiston, Pokiston va Hindistonga safarini kechiktirdi

15:51 11 Mart 2020 Dunyo
320 0

Pentagon rahbari Mark Esper koronavirus tufayli Oʻzbekiston, Pokiston va Hindistonga safarini kechiktirishga qaror qildi. Bu haqda AQSH mudofaa vazirligi matbuot xizmati vakili Alissa Fara Tvitterdagi sahifasida maʼlum qildi.

“Mudofaa vaziri Esper ehtiyot chorasi sifatida Hindiston, Oʻzbekiston va Pokistonga safarini keyinga qoldirib, AQSHda qolishga va Mudofaa vazirligining koronavirusga qarshi kurashishda yordam berishga qaror qildi“, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?