AQSH kompaniyasi Surxondaryoda xonadonlarga quyosh panellari oʻrnatadi

11:43 12 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
243 0
Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyat hokimligida Amerika Qoʻshma Shtatlarining Headwall Power LLC kompaniyasi vakillari ishtirokida muloqot boʻlib oʻtdi.

Unda viloyatning muqobil energiya manbalari sohasidagi salohiyati, quyosh energetikasini rivojlantirish, shu jumladan, quyosh elektrstansiyalarini bunyod etish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdagi mavjud imkoniyatlar koʻrib chiqildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, muloqotda Headwall Power LLC kompaniyasining qayta tiklanadigan energetika sohasidagi muvaffaqiyatli loyihalari haqida toʻxtalib oʻtildi. Ushbu kompaniya tomonidan Qiziriq tumanida quvvati 300 megavatdan 1 gigavatgacha boʻlgan, umumiy qiymati 1,2 mlrd. dollarlik loyihalarni amalga oshirish, bunda birinchi bosqichda Bandixon massivida 490 ta xonadonga tajriba tariqasida quyosh panellarini oʻrnatishga kelishib olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?