AQSH KXDR xavfsizligini qanday kafolatlamoqchi?

16:36 08 Iyun 2018 Dunyo
1681 0

Singapurda 12 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Donald Tramp va Kim Chen In o‘rtasidagi tarixiy uchrashuv paytida Shimoliy Koreya xavfsizligi kafolatlari masalasi ham muhokama etiladi. Bu haqida AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo aytib o‘tdi.

“Prezident Tramp va rais Kim, shubhasiz, Shimoliy Koreya xavfsizligi kafolati, tinchlik tartibini o‘rnatish va ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilashni ko‘rib chiqadi”, dedi u.

O‘z navbatida Pompeo Vashington “Koreya yarim orolini to‘liq, ishonchli va ortga qaytmas denuklerizatsiya qilish muloqotning yagona qabul qilinishi mumkin bo‘lgan natijasi ekanligi”ni ko‘p bor aniq ta’kidlaganini eslatib o‘tdi.

Davlat kotibi AQSH dunyo hamjamiyati bilan birgalikda maqsadga erishish uchun KXDRga nisbatan qo‘llanilayotgan chora-tadbirlar o‘z kuchida qolishi, agar diplomatik sa’y-harakatlar noto‘g‘ri yo‘nalishga ketib qolsa, chora-tadbirlar yanada kuchaytirilishiga ham urg‘u berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?