AQSH, Kanada va Amerika qitʼasining boshqa davlatlarida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari diqqatiga

11:41 16 Mart 2020 Jamiyat
211 0

Mamlakatimizning AQSHdagi Elchixonasi bergan maʼlumotga koʻra, koronavirusning Oʻzbekiston hududiga kirib kelishidan saqlanish maqsadida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 2020-yil 16-martdan boshlab “Toshkent – Nyu York – Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha muntazam reyslarni vaqtincha toʻxtatdi.

Elchixona mazkur davrda AQSHdan Oʻzbekistonga borishni rejalashtirgan fuqarolarga oʻz safarlarini keyinroqqa qoldirishni va aviachiptalarni qaytadan bronlashni tavsiya qiladi. Aviabiletlarni qaytarishda ““Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan reyslarni bekor qilish davrida jarimalar olinmaydi.

Bunda Oʻzbekiston fuqarolari oʻz vatanlariga qaytganlaridan keyin 14 kunlik karantinga olinadilar.

AQSHda koronavirus tarqalishi borasidagi vaziyatning keskinlashishi va mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilinishi munosabati bilan, Oʻzbekiston fuqarolariga favqulodda zarurat boʻlmasa AQSHga borish tavsiya etilmaydi.

Oʻzbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi va Nyu York shahridagi Bosh konsulxonasiga tashrif buyuruvchilar orasida koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida konsullik-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish masofadan turib (shaxsiy murojaatsiz), shuningdek, pochta xizmati orqali yozishmalar yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi, arizachilarning shaxsan hozir boʻlishini talab qiladigan hujjatlar bundan mustasno (hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida maʼlumot Elchixonaning uzbekistan.org va Bosh konsulxonaning www.uzbekconsulny.org veb-saytlarida joylashtirilgan).

Shu munosabat bilan hamda diaspora tashkilotlari va vatandoshlar bilan doimiy aloqalarni oʻrnatish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida Elchixona va Nyu York shahridagi Bosh konsulxona tomonidan doimiy ishlaydigan “ishonch telefonlari” ochildi va ishlamoqda.

2020-yil 15-mart holatiga koʻra, Elchixona akkreditatsiya qilingan mamlakatlarda Oʻzbekiston fuqarolari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan holatlar qayd etilmagan.

Elchixona Oʻzbekiston fuqarolaridan yuqorida keltirilgan barcha masalalar boʻyicha quyidagi maʼlumotlar orqali bogʻlanishlarini soʻraydi:

Oʻzbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi:

Manzil: 1746 Massachusetts Avenue, N.W. Washington, D.C. 20036

Telefon: (202) 887-5300, Faks: (202) 293-6804

El.manzil: info.washington@mfa.uz

Konsullik boʻlimi:

Telefon: (202) 887-5300 (ext. 1), Faks: (202) 202-9633

El.manzil: consul.washington@mfa.uz

Telegram: @ElchixonaUZ

Faxriddin Moʻminov, mobil telefon/telegram: (202) 251-8298).

Oʻzbekistonning Nyu York shahridagi Bosh konsulxona:

Manzil: 630 3rd Avenue, 5th floor, New York, 10017

Telefon: (212) 754-7403, (212) 754-6178

El.manzil: info@uzbekconsulny.org,

Telegram kanal: https://t.me/consulNY

1. Ulugʻbek Axmedov, mobil telefon/telegram: +1 917 539-4664;

2. Qahramon Dalimov, mobil telefon/telegram: +1 347 217 4406;

3. Farhod Azimov, mobil telefon/telegram:+1 347 217 4404.
TIV


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?