AQSH immigratsiyani vaqtinchalik toʻxtatadi, bu “Grin kard”ga ham tegishli

11:04 21 Aprel 2020 Dunyo
480 0

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatga immigratsiyani vaqtinchalik toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi.

U mazkur hujjat koʻrinmas dushmanning hujumi paytida, shuningdek, Amerika fuqarolari uchun ish oʻrinlarini himoya qilish maqsadida qabul qilingani haqida Tvitterdagi sahifasida ham toʻxtalib oʻtgan.
Bu "Grin kard" lotoreyasi uchun ham tegishlidir.

Ushbu mamlakatda tojdor virusga chalinganlar soni 780 mingdan oshib ketdi, 41 mingdan ortiq bemor vafot etdi, tuzalganlar soni qariyb 72 ming nafarga yetdi.

Mart oyi oxirida AQSHda ishsizlik nafaqasini soʻrab ariza bilan murojaat qilganlar soni 1982-yildan buyon rekord darajada yetgandi.

Davlat federal rezerv tizimi tomonidan yangi koronavirus tarqalishi tufayli mamlakatda iqtisodiy faollik keskin tushib ketgani maʼlum qilindi. Bu borada eng katta zararni koʻngil ochish, turizm va chakana savdo sohalari koʻrmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?