AQSH ilk marta Markaziy Osiyo boʻyicha strategiyani taqdim etadi. Mayk Pompeo esa O'zbekistonga keladi

18:20 24 Dekabr 2019 Dunyo
988 0

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning 2020-yil Qozogʻistonga tashrifi chogʻida Vashingtonning Markaziy Osiyo boʻyicha strategiyasi taqdim etiladi. Bu haqda Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi maʼlum qildi.

“Birinchi navbatda, biz AQSHning Markaziy Osiyo boʻyicha strategiyasi taqdimotini kutyapmiz. Bunday hujjat birinchi marta qabul qilinmoqda”, — deya Tleuberdining soʻzlarini keltiradi “Interfaks”.

U, shuningdek, AQSH davlat kotibining Nur-Sultonga tashrifi chogʻida AQSH-Qozogʻiston munosabatlari har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼkidlab oʻtgan.

Agentlikning xabariga koʻra, bundan avval Qozogʻiston TIV rasmiy vakili Oybek Smadiyarov Mayk Pompeoning mamlakatiga tashrifi 2020-yil boshiga rejalashtirilayotgani haqida xabar bergandi.

Maʼlumot uchun kelgusi yilda Maykl Pompeo Oʻzbekistonga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan. Bu haqda tashkenttimes.uz manbasi maʼlum qildi(https://tashkenttimes.uz/national/4784-mike-pompeo-to-visit-uzbekistan). 

Manbaga koʻra, Oʻzbekiston TIV tashrif sanasi hozircha nomaʼlumligini bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?