AQSH hukumati samolyotlari nega Xelsinkiga uchib keldi?

15:19 02 Iyul 2018 Dunyo
1349 0
Foto: ТАСС

AQSH hukumatiga qarashli ikkita samolyot kecha tunda Finlyandiyaning Xelsinki-Vantaa aeroportiga kelib qo‘ngan.

Bu haqda Ilta-Sanomat gazetasi xabar berdi. Eslatib o‘tamiz, Finlyandiya poytaxtida ikki haftadan so‘ng AQSH va Rossiya prezidentlari Donald Tramp hamda Vladimir Putin uchrashishi kutilyapti.

Mahalliy mutasaddilar mazkur havo transporti vositalarining kelishi ikki davlat rahbari sammitiga bog‘liq yoki yo‘qligini tasdiqlamadi. Bunga AQSHning Finlyandiyadagi elchixonasi vakillari ham munosabat bildirmadi.

Nashrda yozilishicha, ikki mamlakat rahbarlari harakatlanishi va xavfsizligiga javob beruvchi tashkilotlar mazkur uchrashuvni tashkil etish uchun ishga kirishgan. Xususan, mezbonlar tomonidan bu ish bilan Xelsinki politsiyasi va ma’muriyati shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, rasmiy Kreml Rossiya va AQSH Prezidentlari sammiti joriy yil 16 iyul kuni Xelsinki shahrida tashkil etilishi haqida xabar bergandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?