AQSH hamkorlari bilan birgalikda Oyda konlar ochmoqchi

11:57 06 May 2020 Lifestyle
346 0

AQSH rahbari adminstratsiyasi Oyda resurslarni qazib olish boʻyicha yangi xalqaro kelishuv loyihasini tayyorlamoqda. Unga qator hamkor davlatlarni qoʻshish rejalashtirilgan, deb xabar berdi Reuters.

Qayd etilishicha, bu boradagi sherik mamlakatlar qatoridan Rossiya oʻrin olmagan. 
Sababi Pentagon Rossiya sunʼiy yoʻldoshlarining “tahdidli“ harakatlaridan tez-tez xavotirga tushayotgan ekan.

Bitim Amerikaning Artemis oy dasturi sharafiga Artemis Accords deya nomlanadi.

Mazkur kelishuv mohiyati shundaki, uning asosida kelajakda raqobatchilarning aralashuvini bartaraf etish maqsadida Oy atrofida “xavfsizlik zonasi“ yaratiladi. Bundan tashqari, unda Oyda qazib olingan resurslarga egalik huquqi ham mustahkamlab qoʻyiladi.

Hozircha hujjat loyihasi hamkor mamlakatlarga rasman taqdim etilmagan.

Tramp maʼmuriyati va boshqa kosmik soha yetakchilari Oyni samodagi asosiy strategik aktiv deb hisoblashadi. Oʻz navbatida Yerning tabiiy yoʻldoshi Marsga kelajakda boʻlishi ehtimol bor missiyalarni taʼminlab beradigan uzoq muddatli ilmiy tadqiqotlarda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?