AQSH fuqarosi Samarqanddagi kompaniyalardan birining yirik aksiyadoriga aylandi

17:41 03 Avgust 2018 Jamiyat
759 0
Illyustrativ foto

AQSH fuqarosi “Samarqand burg‘u asbobi” AJ aksiyalarining 35 foizi egasiga aylandi. Bu haqda “Toshkent” respublika fond birjasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra Albert Binyaminov (Albert Binyaminov) jamiyatning 107634 ta qimmatbaho qog‘ozini qo‘lga kiritib, kompaniyaning yetakchi aksiyadorlaridan biriga aylandi.

Ma’lumot uchun, “Samarqand burg‘u asbobi” AJ foydali qazilmalarni topish hamda razvedka qilish uchun shpur va quduqlar qazish, qurilish yerosti yo‘llari va gidroinshootlar barpo etishda qo‘llaniladigan burg‘i qoplamalari ishlab chiqaradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?