AQSH fuqarosi Navoiyda havo-yuk tashish korxonasini tashkil etdi

14:22 26 Avgust 2019 Jamiyat
75 0

Navoiydan chet ellik investorlarning keti uzilmay qoldi. Navoiy shahar davlat xizmatlari markazida kun ora xorijlik hamkorlarning u yoki bu korxona ochayotganiga guvoh boʻlasiz. Shu kungacha juda koʻp sohalarda qoʻshma korxonalar barpo etildi. Amerika, Germaniya, Gollandiya, Shvetsariya, Koreya, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Eron singari davlatlar qurilish, sanoat, taʼlim, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi va bir qator yoʻnalishlarda sarmoyalar kiritib, hamkorlikni boshlab yuborganlar. Navoiyda yaratilgan qulay investitsion muhit va investitsiyalar xilma-xil, jozibadorligi bois boshqa sohalarni ham dunyo biznes vakillari oʻrganishmoqda.

Jumladan, AQSH fuqarosi boʻlgan asli afrikalik Tomas Isen Isah havo yuk transporti bilan shugʻullanishni istab, hamkorlik qilish uchun Navoiyning iqtisodiy salohiyati bilan tanishdi. Yurtimizdan donli va dukkakli ekinlar, sholi, poliz, sabzavotlarni havo yuk transporti orqali xorij davlatlariga eksport qilishni niyat qildi. U oʻzbekistonlik hamkorlari bilan “OVERSEAS FOURWAYS ENTERPRISES” masʼuliyati cheklangan jamiyatga asos solib, uni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Navoiy shahar davlat xizmatlari markazida xorijlik investorlarga yaratilgan qulayliklardan foydalangan hamkorlar 30 daqiqa ichida oʻz faoliyat turlarini rasmiylashtirdilar. Endilikda Navoiyda yetishtirilgan bugʻdoy, sholi, poliz va sabzavotlarimiz dunyo bozoridagi talabgor mamlakatlar uchun aynan havo yuk transporti orqali yetkaziladi. Mana ruxsatnoma ham tayyor. Ikki tomon ishbilarmonlari qoʻl ushlashib, bir-birini yangi qoʻshma korxona ochilgani bilan qutlashdi. Biznes shunday yumushki, unda faqat moliyaviy tilda gaplashiladi. 400 million soʻmlik mablagʻ bilan ish boshlagan “OVERSEAS FOURWAYS ENTERPRISES” masʼuliyati cheklangan jamiyatning istiqboli nurli boʻlsin.

Anvar SAFAROV, Navoiy shahar DXM direktori.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?