AQSH fikridan qaytdi: Qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqmaydigan bo‘ldi

18:20 01 May 2018 Dunyo
394 0
Foto: Фокус.ua

AQSH o‘z qo‘shinlari Suriyadan ushbu davlatdagi qarama-qarshilik siyosiy jihatdan tartibga solinmaguncha olib chiqib ketilmasligini bildirdi. 
Bu haqda AQSH mudofaa vaziri Jeyms Mettis jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Jeyms Mettis bu borada oldinga yurish masalasini muhokama qilish uchun Vashingtonda BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura bilan uchrashishi kerakligini bildirgan. 

Vazir elchi bilan Suriyani tartibga solish bo‘yicha Jeneva protsessi qaysi bosqichda ekanligi, shu bo‘yicha qanday ko‘mak berish mumkinligi ko‘rib chiqilishini ta’kidlagan.

O‘z navbatida, Suriya muammosi AQSH mudofaa vaziri xavfsizlik sohasi va jangovar holatda duch kelgan eng murakkab vaziyat ekanligini tan olgan.
AQSH mudofaa idorasi rahbari o‘z davlati Yaqin Sharq mintaqasidagi barcha davlatlar bilan Suriyaga olib kirish uchun kontingent shakllantirish imkoniyatlari ustida ishlayotganini tasdiqlagan. “Bunday sa’y-harakatlar Suriyani barqaror qilishga qaratilgandir”, — dedi Jeyms Mettis. 

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz biroz oldin AQSH o‘z qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishini bildirgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?