AQSH dollari kursi yana qimmatlashib, 8700 soʻmlik “dovon”ni ham bosib oʻtdi

13:59 05 Avgust 2019 Iqtisodiyot
234 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019-yil 6-avgustdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 38 soʻm 16 tiyinga qimmatlashib, 8704 soʻm 87 tiyinga yetgan.

Yevro kursi esa 26 soʻm 79 tiyinga oshib, 9668 soʻm 50 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 2 soʻm 78 tiyinga arzonlashib, 133 soʻm 85 tiyinga yetgan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada dollarning kursi 42 soʻm 20 tiyinga qimmatlashib, 8666 soʻm 71 tiyinga yetgan edi.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?