AQSH davlat kotibi oʻrinbosari Qozogʻiston va Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

14:12 20 Avgust 2019 Jamiyat
70 0

AQSH davlat kotibi oʻrinbosari Devid Xeyl 20-23-avgust kunlari Qozogʻiston va Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda ushbu davlat departamenti xabar berdi.

“Nur-Sultonda Xeyl AQSH va Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik hamda ikki tomonlama va xalqaro masalalar boʻyicha hozirgi yaqin hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilish uchun yuqori martabali rasmiylar bilan uchrashadi”, - deyiladi axborotda.

U Qozogʻistonda 20-21-avgust kunlari boʻladi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashish uchun Toshkentga keladi. U muzokaralar chogʻida AQSH ushbu davlat rahbari islohotlarini qoʻllab-quvvatlashini bildiradi va ikki davlat oʻrtasidagi, xususan, xavfsizlik va savdo-sotiq sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash imkoniyati yaratiladi, deyiladi press-relizda.

Xabarga koʻra, Devid Xeyl va Markaziy Osiyodagi besh mamlakat TIV rahbarlari oʻrtasida C5+1 formatida uchrashuv ham boʻlib oʻtadi. U mintaqa yuksalishi va xavfsizligini taʼminlashga bagʻishlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?